Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Ronaldu termadan qachon ketishini aytdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Ronaldu rostini aytdi

“An-Nasr” klubining  39 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu qaysi holatda Portugaliya terma jamoasidagi xalqaro faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi.

- Hozir men o‘zimni terma jamoa uchun qadrli o‘yinchi ekanimni his qilyapman. Buni bosh murabbiy munosabati ham tasdiqlab turibdi.

Agar kelajakda terma jamoadagi ahamiyatimni yo‘qotsam, birinchi bo‘lib ketaman. Ketsam ham, toza vijdon bilan ketaman.

Men kimligimni, nimalarga qodir ekanimni, nima qilayotganimni va bularni qachongacha davom ettirishimni yaxshi bilaman, - dedi Krishtianu Ronaldu.

Ronaldu xalqaro miqyosda eng ko‘p uchrashuv o‘tkazgan va eng ko‘p gol urgan o‘yinchi hisoblanadi. Portugaliya terma jamoasida  212 marotaba maydonga tushgan to‘purar raqiblar darvozasini 130 marotaba ishg‘ol qilgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q