Ronaldу va Modrich birgalikda “qariyalar” rekordini o‘rnatdi
2 iyuldan 3 iyulga oʻtar kechasi jahon chempionati 1/16 finalida Portugaliya va Xorvatiya terma jamoalari toʻqnash keldi. Uchrashuv Kanadaning Toronto shahridagi BMO Field stadionida boʻlib oʻtdi va Portugaliyaning 2:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
Oʻyin gollari:
- 53-daqiqa — Ivan Perishich (0:1)
- 68-daqiqa — Krishtianu Ronaldu (penalti, 1:1)
- 90+4-daqiqa — Gonsalu Ramush (2:1)
Bu uchrashuvda Krishtianu Ronaldu va Luka Modrich jahon chempionatlari tarixidagi eng katta yoshli raqiblar sifatida rekord oʻrnatishdi.
- Ronaldu — 41 yosh 148 kun
- Modrich — 40 yosh 292 kun
Portugaliya guruh bosqichida:
- Oʻzbekistonni — 5:0
- DR Kongo bilan — 1:1
- Kolumbiya bilan — 0:0
natijalari bilan ikkinchi oʻrinni egallab, pley-offga chiqqan edi.
Xorvatiya esa:
- Angliyaga — 2:4
- Panama ustidan — 1:0
- Gana ustidan — 2:1
gʻalabalari orqali oʻz guruhida ikkinchi oʻrinni olgan.

Fikrlar