Ronaldu yana Messini ortda qoldirdi
Krishtianu Ronaldu JCh–2026 saralashida Armanistonga qarshi bahsda (5:0) dubl qayd etdi.
Shu tariqa, portugaliyalik hujumchining Jahon chempionati saralash bosqichlaridagi gollari soni 38 taga etdi. U yana bir bor Lionel Messidan (36 gol) o‘ziga xos ustunlikni qaytarib oldi. Argentinalik yulduz ham Venesuelaga qarshi uchrashuvda (3:0) raqib darvozasiga ikki marta yo‘l topgandi.
Hozirda Ronaldu saralash o‘yinlari tarixida ikkinchi o‘rinda turibdi va faqat Gvatemala forvardi Karlos Ruisdan (39 gol) bir gol bilan orqada qolmoqda.
Ro‘yxatda to‘rtinchi o‘rinni eronlik Ali Daei (35 gol), beshinchi o‘rinni esa Robert Levandovski (31 gol) egallab turibdi.
Fikrlar