
Ronalduning klubi katta transferga qo‘l urdi
Krishtianu Ronalduni yana ikki yil klubda qolishga ko‘ndirgan “An-Nasr” mutasaddilari tarkibni kuchaytirish ishlarini davom ettirmoqda.
TALKSPORT nashrining yozishicha, shayxlar Londonning “Arsenal” klubidan hujumkor futbolchi Gabriel Martinellini olib kelmoqchi.
Saudiyaliklar argentinalik futbolchi transferiga 73 million funt miqdorida sarmoya yo‘naltirmoqchi. Agar bu reja ish bersa, “Arsenal” o‘z tarixida eng katta chiqish transferini amalga oshirgan bo‘ladi.
Aslida “An-Nasr” rahbariyati hujum chizig‘ini “Liverpul” vakili Luis Dias bilan kuchaytirmoqchi. Martinelli zaxira varianti hisoblanadi.
Transferlar bo‘yicha ekspertlar Angliya Premer-ligasining bu ikki yulduzini Saudiya Arabistoniga olib kelish murakkab jarayon ekanini ta’kidlayapti. Biroq hozirgi zamonda katta pul ko‘p narsani hal qilishini bir necha transferlar misolida ko‘rsa bo‘ladi.
Fikrlar