Rosenyor: "Asosiyisi — gʻalaba, ayniqsa bunday raqibga qarshi"
"Chelsi" bosh murabbiyi Liam Rosenyor Angliya Premier ligasining 22-turi doirasida "Brentford" ustidan qozonilgan 2:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘yinga baho berdi.
— Men juda xursandman. Oldimizda hali ko‘p ish bor, ammo "Brentford"ni mag‘lub etish… Bu juda kuchli jamoa va bekorga beshinchi o‘rinda borayotgani yo‘q. Futbolchilarning yangi uslubda g‘alaba qozonishga bo‘lgan intilishidan juda mamnun bo‘ldim. Ayrim paytlarda bu klubda eng muhimi — g‘alabaning o‘zi.
Biz to‘p bilan juda yaxshi harakat qildik va so‘nggi 8 o‘yin ichida ilk bor darvozamizni daxlsiz saqlab qoldik. G‘alaba qozonib yuradigan raqibni yutmoqchi bo‘lsangiz, jarima maydonida, burchak to‘plarida va yon chiziqdan to‘p tashlashda ishonchli himoyalanish kerak, — dedi Rosenyor "BBC"ga bergan intervyusida.
Fikrlar