Rosenyor barcha mas'uliyatni zimmasiga oldi: "Chelsi" og‘ir davrni boshdan kechirmoqda

  • 21.04.2026 15:16
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Liam Rosenyor "Chelsi"ning soʻnggi natijalari haqida fikr bildirdi. Jamoa barcha musobaqalar doirasida oʻtgan yetti uchrashuvning olti tasida magʻlubiyatga uchradi.

– Mening ishim — masʼuliyatni oʻz zimmamga olish. Barcha aybni oʻzimga olaman. Oʻyinchilarni tashqi tanqiddan himoya qilmoqchiman. Bu davrdan yanada kuchliroq chiqishimizga ishonaman, ammo hozir barchasini toʻgʻri qilishimiz kerak, – dedi murabbiy. Uning soʻzlarini esa Fabrizio Romano keltirdi.

33 turdan soʻng "aristokratlar" Angliya Premier-ligasi jadvalida 48 ochko bilan oltinchi oʻrinni egallab turibdi. Rosenyor jamoasi chempionatda soʻnggi toʻrt uchrashuvdan beri gol ura olmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!