Rosenyor: "Olti daqiqa barchasini o'zgartirdi"

  • 11.02.2026 03:36
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" bosh murabbiyi Liyem Rosenyor APL doirasida "Lids"ga qarshi o‘yindagi 2:2 hisobidagi durangdan so‘ng o‘z noroziligini bildirdi.

"Olti daqiqa. Biz olti daqiqaga o‘yindan uzilib qoldik. Uchrashuvni to‘liq nazorat qilayotgandik.

Hozir futbol haqida gapirishni ham istamayman. Agar biz kuchliroq bo‘lishni va menimcha, qo‘limizdan keladigan natijalarga erishishni istasak, 90 daqiqa davomida jamlangan bo‘lishimiz kerak. Hammasi shu.

Yuragim og‘riyapti, chunki ayrim paytlarda ajoyib futbol namoyish etdik va uch ochko olishimiz kerak edi. Ammo ikki epizod sabab bu amalga oshmadi. Bizniki bo‘lishi kerak bo‘lgan o‘yinda "Lids"ga bir ochko berib qo‘ydik, ularga ochkoni sovg‘a qildik", — dedi Rosenyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!