Rossiya o‘rniga Evro-2020 mezbonligini qaysi davlat olishi mumkin?
Xabaringiz bor bundan avvalroq Xalqaro antidoping agentligi (WADA) Rossiyani 4 yilga xalqaro musobaqalardan diskvalifikatsiya qilish taklifini ilgari surayotgani haqida ma’lum qilgan edik.
Uels futbol assotsiatsiyasi esa bu vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Ingliz nashrlarining xabar berishicha, agar vaziyat shu darajaga etib borsa, Uels Rossiya o‘rniga Evro-2020 mezbonligini olishga tayyor.
Uelsliklar Evro o‘yinlarini 74,5 ming tomoshabinga mo‘ljallangan "Millenium" stadionida o‘tkazishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Evro-2020 ko‘hna qit’aning 11 ta shahrida o‘tkaziladi. Ular orasida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri ham bor.



Fikrlar