Asosiy mazmunga oʻtish

MMA

Rouz Namayunasning raqibi o‘zgardi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Endi amerikalik va braziliyalik jangini ko‘ramiz.

Avvalroq, UFC sobiq chempioni Rouz Namayunasning raqibi sifatida meksikalik Aleksa Grasso tasdiqlangan edi, biroq Grasso noma’lum sababga ko‘ra bu bahsdan voz kechdi. 

Endi amerikalik MMA ustasi 25 yanvar kuni "UFC 324" turnirida braziliyalik Nataliya Silvaga qarshi jang qiladi. Bu haqda "MMA Fighting" nashri xabar bermoqda.

Ma’lumot uchun, 28 yoshli Silva 2022 yil UFC da o‘z debyutini o‘tkazib, hozirga qadar promoushendagi barcha janglarini g‘alaba bilan yakunlagan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q