
Roy Jons jamoasi Mayk Tayson bilan revansh jangiga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Afsonaviy Roy Jonsni jamoasi yana bir afsona Mayk Taysonga qarshi revansh jangini tashkillashtirishni boshlashganini malum qilishdi. Roy Jonsni menejerlari bu borada o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Ha, Roy Mayk Taysonni gapirgan gaplarini ko‘rdi. Lekin jang uchun xali aniq takliflar kelgani yo‘q. Roy Jons Mayk Taysonga qarshi yana bir jang o‘tkazishga tayyor. Chunki u xali faoliyatini tugatgani yo‘q. Faqatgina Mayk Taysonni jangga rozi bo‘lishini kutmoqdamiz.”
Eslatib o‘tamiz, ular birinchii marta o‘ziga xos shouda ringga ko‘tarilishgan va unda durang natija qayd etilgandi. Shuningdek, “Temir Mayk” intervyularining birida Roy Jons va Evander Xolifild bilan ringga ko‘tarilish xohishini bildirgandi.
Fikrlar