Ro‘ziqul Berdiev: "Sharja" jamoasi texnik va taktik jihatdan yaxshi futbol o‘ynaydigan jamoa"
Osiyo Chempionlar Ligasi Elit musobaqasi 8-turidan o‘rin olgan “Sharja” – “Nasaf” uchrashuvidan oldin bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida jamoa bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev hamda futbolchi Sharof Muҳitdinov ishtirok etdi.
Ro‘ziqul Berdiev:
— Barchaga ayon, ushbu turnirda keyingi bosqichga chiqish imkoniyatimiz qolmagan. Shunga qaramay, ertangi uchrashuvda yigitlarda yetarlicha motivatsiya bor. Biz uchun raqibga qarshi maydonga chiqib, sifatli futbol namoyish etish muhim vazifalardan biridir.
“Sharja” jamoasi texnik va tarkib jihatdan yaxshi shakllangan, kuchli raqib. Ertaga ushbu jamoaga qarshi munosib qarshilik ko‘rsatishga harakat qilamiz.
Sharof Muҳitdinov:
— Biz ertangi o‘yinga to‘liq tayyormiz. Maydonga faqat g‘alaba uchun chiqamiz.
— Jamoaning hozirgi holati haqida nima deya olasiz va ushbu musobaqadan qanday xulosalar chiqardingiz?
Sharof Muҳitdinov:
— Guruhimizda juda kuchli raqiblar jamlangandi. Shunga qaramay, bunday jamoalarga qarshi o‘ynash bizni yanada chiniqtiradi, tajriba va motivatsiya beradi.
— Bu sizlar uchun ushbu musobaqadagi so‘nggi uchrashuv bo‘ladi. Ertaga musobaqadagi ilk g‘alabani qo‘lga kiritishga harakat qilasizmi?
Ro‘ziqul Berdiev:
— Albatta, ertaga g‘alaba qozonish uchun maydonga tushamiz. Jamoamiz musobaqa davomida ko‘plab bellashuvlarda yaxshi o‘yin namoyish etdi, ammo natijalar biz kutgandek bo‘lmadi. Ertaga ushbu musobaqani munosib tarzda yakunlashimiz lozim. Yigitlarni aynan shunga tayyorladik.
— Ushbu mavsumda jamoaga nima yetishmadi? Ayrim mutaxassislar jamoa "Nasaf" o‘zini to‘liq namoyish eta olmadi, deya baholashmoqda.
Ro‘ziqul Berdiev:
— Buning bir nechta sabablari bor. Jamoamiz asosiy e’tiborni milliy chempionatga qaratdi. Bu esa jamoaga ikkita frontda ham ijobiy natijaga erishishga qiyinchilik tug‘dirdi. Ayrim uchrashuvlarda bizga tajriba va individual mahorat yetishmadi.
Fikrlar