"Rubin" o‘rtoqlik o‘yinida g‘alaba qozondi
Rus jamoalari mavsumning ikkinchi yarmiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Xususan, Rustam Ashurmatov hamda Umarali Rahmonaliev harakat qilayotgan "Rubin" jamoasi bugun Bolgariyaning "Beroe" klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi va 2:0 hisobida zafar quchdi.
Ashurmatov o‘yinni asosiy tarkibda boshlab, 45-daqiqada zaxiraga olindi. Keyin, 74-daqiqada Fattaxov o‘rniga yana maydonga tushirildi. Rahmonaliev bahsni o‘tkazib yubordi.
Fikrlar