Ruminiyada o‘tgan nufuzli xalqaro turnirda Javohir Sindarov kuchli uchlikdan joy oldi
- Bilolbek Imomov
- 0
- Shaxmat
Joriy yilning, 14–23 may kunlari Buharest shahrida (Ruminiya) “Grand Chess Tour 2026” xalqaro turnirining 2-bosqichi — “2026 Super Chess Classic Romania” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Turnirda jahonning eng kuchli 10 nafar grossmeysteri qatorida O‘zbekiston sharafini iste’dodli shaxmatchimiz Javohir Sindarov himoya qildi. Umumiy mukofot jamg‘armasi 475 ming AQSh dollarini tashkil etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Vinsent Keymer 6 ochko bilan 1-o‘rinni, Fabiano Saruana esa 5,5 ochko bilan 2-o‘rinni egalladi.
Quvonarlisi, kuchli raqiblar ustidan ishonchli g‘alabalarga erishgan hamyurtimiz Javohir Sindarov 5 ochko jamg‘argan holda faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, sportchimiz 63 300 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti sovrindoriga aylandi.