
Runi dunyoning eng kuchli hujum chizig‘iga ega klubni aytdi. U "Real" ham, "Barselona" ham emas
Angliyalik mashhur hujumchi Ueyn Runi "Liverpul"ni dunyoning eng kuchli hujum chizig‘iga ega klub deb aytdi.
“Aksariyat gollar hujumkor futbolchilarning o‘zaro ta’siri natijasida hosil bo‘ladi. Bunga “Liverpul”ning hujum uchligi yaqqol misol qilish mumkin. Saloh va Mane raqib himoyachilarini o‘z darvozalari oldidan ketmaslikka majbur qila oladi. Shuning hisobiga Firmino to‘pni qabul qilib olish uchun maydon markaziga yaqinroq kelish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Himoyachilar u bilan ovora bo‘lib turgan bir paytda Saloh va Mane bo‘sh zonalarga qarab katta tezlikda yugurishadi.
Totti o‘ynagan paytlarda “Roma” ham xuddi shu taktikadan foydalanardi. Ularda 2 ta tezkor qanot futbolchilari bo‘lardi.
Buni tan olish men uchun qiyin, lekin “Liverpul” hozirda dunyoning eng kuchli hujum uchligiga ega jamoa”, - deydi Runi.
Fikrlar