
Runi “Manchester Yunayted” bilan shartnoma imzoladi (foto)
“Manchester Yunated” tarixida eng ko‘p gol urgan hujumchi Ueyn Runining 11 yoshli to‘ng‘ich o‘g‘li Kay klub akademiyasida to‘p tepadigan bo‘ldi.
- Tarixiy kun. Kay “Manchester Yunayted” bilan dastlabki shartnomasini imzoladi. O‘g‘lim, o‘z ustingda qattiq ishlashda davom et, - deb yozadi Ueyn ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Kay Runi otasi singari 10-raqamli futbolkada o‘ynaydigan bo‘ldi.
Ueyn Runi 2004-2017 yillar davomida manchesterliklar sharafini himoya qilgan U jami 559 ta uchrashuvda maydonga tushib, 253 ta gol urgan.
Fikrlar