Ruslan Abdullaev raqibini "yanchib tashladi"
Professional boksning super engil vazn (63,5 kg) toifasida faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Ruslan Abdullaev AQShning Kaliforniya shtatida Golden Boy promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan jang kechasida ringa ko‘tarildi.
Charm qo‘lqop ustamiz urugvaylik Eduardo Xavier Abreuga qarshi bahs olib bordi. Quvonarlisi 8 raundlik jangning 5-raundida Abdullaev raqibini kuchli zarba bilan qulatdi.
Shundan so‘ng ham, Abreu tura oldi, biroq navbatdagi ketma-ket zarbalarga dosh bera olmadi. Yaqinda yurtdoshimiz professional boksdagi 4-jangida ham zafar quchib, g‘alabali seriyasini davom ettirdi.
Fikrlar