Ruslan Nurudinov xalqaro turnirda oltin medalni qo‘lga kiritdi!
- Javohir Malikov
- 0
- Og'ir atletika
Samoaning Apiya shahrida og‘ir atletika bo‘yicha “Universal Weightlifting Cup” musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Erkaklar o‘rtasidagi -110 kg vazn toifasida kechgan bellashuvlarda qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ruslan Nurudinov oltin medallarga sazovor bo‘ldi.
Yurtdoshimiz dast ko‘tarishda 178 kg, siltab ko‘tarishda 222 kg, ikki kurashda esa roppa-rosa 400 kg natija qayd etdi. Shubhasiz, bu natija bilan Nurudinov eng yaqin ta’qibchilari bo‘lgan Samoa va Fiji vakillarini katta farq bilan ortda qoldirishga erishdi.
Bu haqida MOQ xabar bermoqda.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q