"Rux" Abduxoliqovga omad tiladi

  • 15 mart, 2021, 18:18
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Ukrainaning "Rux" jamoasi tarkibida harakat qilayotgan Bobir Abdixoliqov O‘zbekiston terma jamoasining navbatdagi yig‘iniga jalb etildi. Lvov klubi legionerimizga omad tiladi:

"Bobir Abdixoliqov O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga jalb etildi. 19-30 mart oralig‘ida "Rux" hujumchisi terma jamoa ixtiyorida bo‘ladi. Bu vaqt ichida o‘zbeklar ikkita xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. O‘yin 25 va 29 mart sanasiga belgilangan",-deyiladi klub bayonotida.

Ma’lumot uchun, hali terma jamoamizning ushbu o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilinmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!