Sabina Sharipova bosh sovringa yaqin turibdi
Zohir2018
Turkiya Sabina uchun omad keltirmoqda
Turkiyaning Antaliya shahrida tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tayotgan musobaqada Sabina Sharipova chorak final bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib oldi.
Sabina ushbu bosqichda germaniyalik Franziska Tseidatga qarshi kortga chiqdi va 6:1, 6:0 hisobida zafar quchib, yarim finalga yo‘l oldi.
Shu tariqa mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi S. Sharipova yarim finalda yaponiyalik Rina Saigoga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Izohlar (0)