Saka: "Vinisius turli qiyinchiliklarni boshidan o‘tkazdi, ammo u bulardan ustun ekanini isbotladi"

  • 8 aprel, 13:54
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlar ligasi 1/4 finalidan o‘rin olgan ilk uchrashuvida "Arsenal" o‘z maydonida "Real Madrid"ni qabul qiladi. Mazkur uchrashuv arafasida londonliklar yarim himoyachisi Bukayo Saka raqib futbolchisi Vinisius Juniorga qarshi sodir bo‘lgan irqiy tajovuzlar haqida o‘z fikrini bildirdi.

Tecno

— Men uni futbolchi sifatida yaxshi bilaman. Uning qanday yo‘l bosib o‘tganini ko‘rganman. U turli qiyinchiliklarga duch keldi, ammo u bularning barchasidan ustun ekanini namoyish qildi, — dedi "kanonirlar" vingeri.

Eslatib o‘tamiz, Sakaning o‘zi ham Evro-2020 finalida Italiyaga qarshi bellashuvda (1:1, penaltilar 2:3) oxirgi penaltini ura olmaganidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda irqiy haqoratlarga duch kelgan edi.

Bu to‘qnashuv oldidan ikki jamoa futbolchilari o‘rtasidagi hamdardlik va qo‘llab-quvvatlash ruhi alohida e’tiborga loyiq.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!