Sala masalasi bo‘yicha "Kardiff" "Nant"ga to‘lov amalga oshirishga majbur bo‘ldi

  • 1 oktabr, 2019, 15:12
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA hujumchi Emiliano Sala borasida tortishuv o‘tkazayotgan "Kardiff" va "Nant" borasida qaror qabul qildi.

Tecno

FIFA Uels mamlakati klubini 6 mln evro to‘lashga majbur qildi. Ushbu summa "Kardiff" tomonidan futbolchining transferi uchun birinchi to‘lov bo‘lishi kerak edi. Ammo jamoalar o‘zaro kelisha olishmadi.

Argentinalik futbolchi shu yilning yanvarida "Nant" klubidan "Kardiff"ga o‘tishi kerak edi. Frantsiyadan Uelsga parvoz paytida aviahalokatga uchradi.

"Kardiff" futbolchi uchun 15 mln funt to‘lashi kerak edi, ammo bitimdagi zarur shartlar frantsiyaliklar tomonidan bajarilmagani va Sala APLdan ro‘yxatdan o‘tkazilmagani uchun to‘lovni bajarishni rad etdi.

O‘z navbatida, "Nant" inglizlarning talablarini rad etib, Emiliano Salaning transferi FIFA qoidalariga to‘la mos kelishini taxmin qildi. Shuningdek, frantsiyaliklar futbolchining yo‘qolgan kuni xalqaro transfer sertifikati ro‘yxatdan o‘tganligini ham ta’kidladi.

FIFA bayonotida qayd etilishicha, maxfiylik uchun "Kardiff"ning keyingi to‘lovlari haqidagi ma’lumotlar, shuningdek klublar o‘rtasidagi kelishuvning boshqa shartlari hozirda oshkor etilmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!