
Samarqandda MMA bo‘yicha kichik o‘smir va yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati yakuniga etdi
Kuni kecha Samarqand shahrida MMA bo‘yicha kichik o‘smir va yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘z yakuniga etdi.
U 12-13, U 14-15, U 16-17 yosh toifasida o‘tkazilayotgan mamlakat birinchiligi juda qiziqarli va keskin kurashlarga boy tarzda kechdi.
Umumiy olib qaraganda raqobat juda jiddiy bo‘ldi. Har bir viloyatda havaskor MMA jiddiy rivojlanib borayotganligi ushbu chempionatda namoyon bo‘ldi.
O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi hamda Samarqand viloyat bo‘limi tomonidan tashkilotchilik ham a’lo darajada bo‘ldi, desak yanglishmagan bo‘lamiz.
Yakunda eng ko‘p ishtirokchi bilan qatnashgan andijonlik yosh sportchilar 7 ta oltin, 3 ta kumush va 8 ta bronza medali bilan etakchi bo‘lishdi.
Fikrlar