Sambo bo‘yicha Jahon kubogida o‘zbekistonlik sportchilar 10 ta medalni qo‘lga kiritishdi

CHERY AUTO

Armaniston poytaxti Erevan shahrida sambo bo‘yicha jahon kubogi bahslari yakunlandi. 

Tecno

Bugun musobaqaning ikkinchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Musobaqada ishtirok etgan o‘zbekistonlik sambochilar 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi. 

Sovrindorlarimiz: 

Oltin: 

-98 kg: Ozodbek Murotov 

Kumush: 

-79 kg: Musoxon Ziyadinov 
-88 kg: Sohibjon Hasanboev

Bronza: 

-64 kg: Islomjon Olimjonov 

Eslatib o‘tamiz, kecha o‘tkazilgan bahslarda vakillarimiz 3 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishgandi. 

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi Erevandagi jahon kubogini 1 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan yakunladi.
 

O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!