
San’at Sharipov O‘FAdan ketganligini e’lon qildi
“Bugun O‘FAdagi faoliyatimni o‘z hohishim bilan yakunladim va ketishga qaror qildim. Masshtablarimiz har hil ekan. Shu joyda qariyb bir yil ishlash nasib etdi. Bahonada o‘zbek futbolini ichidan bilib oldim. Pulga sotib olib bo‘lmaydigan tajribaga ega bo‘ldim. Ana shu muddat ichida men bilan birga ishlaganlarga minnatdorchilik bildiraman. O‘FAning yangi rahbariyatiga esa, omad tilayman. Yangi cho‘qqilarni zabt etish nasib etsin. MTJimizni JChga, OTJni esa Tokio-2020 ga chiqishini chin dildan tilab qolaman. Yaxshi-yomon gaplar uchun rozi bo‘lasizlar”, - deb o‘zininng “Twitter”dagi sahifasida yozib qoldirdi Sharipov.
Ma’lumot uchun, Sharipov o‘tgan yilning 30 iyun sanasida O‘FAdagi faoliyatini boshlagan edi.
Fikrlar