Asosiy mazmunga oʻtish
Boks

Sanches: "U super engil vaznda shubhasiz qirol!"

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

U bokschiga yuqori baho berdi.

 Mashhur amerikalik murabbiy Abel Sanches ayni damda kimni super engil vazndagi eng yaxshi jangchi deb bilishini aytdi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, bu Puerto-Riko vakili IBF chempioni Subriel Matias (20-1, 20 KO).

  “Men Matiasdan juda hayratdaman. U o‘ziga xos uslubda kurashadi. Raqibga hujumga o‘tishdan oldin uning charchashiga yo‘l qo‘yib berishingiz kerak. Mattias esa xuddi shunday qiladi. U raqiblari charchashini kutadi. Bundan tashqari,uning maxsus kuchli zarbalari ham bor. Matias shubhasiz, super engil vazn (63,5 kg) vazn toifasi qiroli”, - dedi Sanches You Tube dagi Fight Xub TV kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Matias IBF chempionlik kamari uchun jangda Shohjaxon Ergashevni mag‘lub etgandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q