Sane "Bavariya"dan ketmoqchi

  • 7 fevral, 2024, 16:20
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" hujumkor yarim himoyachisi Leroy Sane joriy mavsum oxirida klubi ro‘yxatini o‘zgartirish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda "Sport.es" xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, germaniyalik vinger unga qiziqish bildirayotgan  "Barselona"ga o‘tishni istamayapti. Leroy asosiy tarkib kafolatlanadigan jamoaga o‘tmoqchi. "Liverpul"da esa bu imkoniyat mavjud.

Germaniyalik futbolchida "Tumanli Albion" tajribasi bor. U avval "Manchester Siti"da o‘ynagan.

Eslatib o‘tamiz, Sane Bundesliganing joriy mavsumida 20 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va sheriklariga 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!