Sardor “Chelsi” bilan shartnoma tuzdi
Angliya Premier-ligasining eng qudratli klublaridan “Chelsi” jamoa himoyachisi va sardori Ris Jeyms bilan yangi shartnoma imzolaganini rasm an e’lon qildi.
Yangi mehnat shartnomasi 2032 yilning yozigacha amal qiladi. Avvalgi kelishuv 2028 yilgacha mo‘ljallangan edi.
Joriy mavsumda Angliya Premier-ligasida tajribali o‘ng qanot himoyachisi 26 ta o‘yinda ishtirok etdi. U ikki gol urdi va beshta golli uzatma berdi.
UEFA Chempionlar ligasida 26 yoshli futbolchi sakkizta o‘yinda ikki golli uzatmani amalga oshirdi.
Ris Jeyms “Chelsi” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 60 million yevroga teng.
Fikrlar