
Saul Alvares va Kaleb Plant jangda bokschilar qancha ishlab topishi ma’lum bo‘ldi
7 noyabr tongida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Las-Vegas shahrida joylashgan "MGM Grand" arenasi katta professional boks oqshomiga mezbonlik qiladi.
PBC kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan kechaning markaziy jangiga super o‘rta vazn toifasida barcha kamarlar o‘rtaga tikilgan bo‘lib, Saul Alvares Kaleb Plantga qarshi ringga ko‘ratiladi. Ushbu jang uchun Saul Alvaresga kafolatlangan 40 million dollar, Plantga esa 10 million dollar gonarar ajratilgan.
Hoziriga qadar o‘tkazilgan janglarni hisobga olsak, 2021 yilda Plant 2 million dollar ishlab topgan, Saulda bu ko‘rsatkich 140 million dollarni tashkil qiladi. Hozirda Alvares eng ko‘p gonarar oluvchi bokschilardan biridir.
Fikrlar