Sebastyan Fundora va Kit Turman jangining sanasi ma'lum qilindi

  • 03.02.2026 14:50
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks

"The Ring" nashri 29 mart kuni AQSHning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadigan boks kechasini rasm an anons qildi.

Musobaqaning asosiy jangida birinchi o‘rta vazn toifasida (69,9 kg) WBC chempioni Sebastyan Fundora o‘z kamarini vatandoshi Kit Turmanga qarshi himoya qiladi.

 Ma’lumot uchun, Sebastyan Fundora professional faoliyatini 2016 yilda boshlagan. Uning rekordida 23 g‘alaba (15 ta nokaut), 1 mag‘lubiyat va 1 durang mavjud. Kit Turman esa professional ringda 2007 yildan beri ishtirok etib kelmoqda. Uning rekordida 31 g‘alaba (23 nokaut) va 1 mag‘lubiyat bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!