Sen “Siti”ga kelganingdan afsuslanmaysanmi?

  • 10.01.2026 08:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” asosiy darvozaboniga aylangan Janluiji Donnarumma Yevropa Chempionlar ligasining amaldagi g'olibi “Pari Sen-Jermen”dan “shaharliklar” safiga o'tganidan afsuslanmasligini bildirdi.

- Men bu yerga kelishni istagaman, chunki hamma “Manchester Siti” haqida yaxshi fikr bildirgan. Haqiqat shuki, bu yerda ajoyib jamoa va haqiqiy oila muhitini topdim. Men juda-juda baxtiyorman. Bu yerda haqiqiy oilaviy muhit hukm suradi va men chindan ham o'zimni juda yaxshi his qilaman.

“Siti” tomonidan katta qiziqish bo'lganini his qildim, bu meni o'ziga tortdi. Pep Gvardiola kabi yuqori darajadagi murabbiyning meni jamoasida ko'rishni qattiq istagani –  faxrlanish uchun sabab!

Men “Manchester Siti” kabi katta klub va shu oilaning bir qismi bo'lganimdan juda mamnunman, - dedi Donnarumma.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!