Senga uch hafta muhlat! Kerrikka vaziyatni o‘nglash uchun vaqt berishdi
Oldinda oltita o'yin bor
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrikka lavozimini saqlab qolish uchun uch hafta vaqt berildi.
«Yunayted» yangi mavsumni juda omadsiz boshladi. Jamoa barcha musobaqalarni hisobga olganda hozirgacha faqat ikki marta — «Sabah» va «Ipsvich»ga qarshi uchrashuvlarda g'alaba qozondi.
O‘tgan dam olish kunlari «Yunayted» «Lids» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Shu tariqa, jamoaning g'alabasiz o‘yinlari seriyasi ketma-ket oltita uchrashuvga yetdi. «Manchester Yunayted» mazkur bahsda raqibga nisbatan ehtiyotkorroq o‘ynadi va bukmekerlar dastlab uni uchrashuv favoriti sifatida ko‘rsatmagan edi.
Hozircha Kerrik klub rahbariyatining qo‘llab-quvvatlovini saqlab turibdi. Biroq keyingi xalqaro tanaffusga qadar vaziyat yaxshilanmasa, rahbariyat chora ko‘rishga majbur bo‘lishi mumkin.
Keyingi uch hafta davomida «Yunayted» «Komo», «Bornmut», «Chelsi», «Roma» va «Aston Villa»ga qarshi maydonga tushadi.
Agar jamoa ushbu muhim o‘yinlar davrini muvaffaqiyatsiz o‘tkazsa, Premier-liga va Chempionlar ligasidagi ahvolini yanada og‘irlashtirishi mumkin. Daily Star nashrining yozishicha, bu uch hafta Kerrikning kelajagini belgilab berishi ehtimol.

Izohlar (0)