Serbiya prezidenti Islom Maxachov haqida nima dedi?
Amaldagi UFC chempioni Islom Maxachev Belgraddga rasmiy tashrifi chog‘ida Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich bilan ko‘rishdi. Uchrashuv davomida rossiyalik jangchi Vuchichga yarim o‘rta vazn toifasidagi chempionlikni qo‘lga kiritganida kiygan qo‘lqoplarini sovg‘a qildi.
"Islom – zo‘r sportchi, jahon chempioni va, albatta, men uchratgan eng mashhur hamda kuchli inson. Uni qabul qilish men uchun ajoyib zavq va sharaf. U menga bergan qo‘lqoplar uning so‘nggi jangida ishlatilgan edi. Biz Maxachev bilan sog‘lom jamiyatning poydevori sifatida sportning ahamiyati va yetakchi sportchilarning yoshlarni intizom, mas’uliyat va matonatni rivojlantirishga undashdagi rolini muhokama qildik. Serbiya sport va yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda, chunki sport haqiqiy qadriyatlar, o‘zaro hurmatni targ‘ib qiladi va butun dunyo bo‘ylab odamlarni birlashtiradi”, – dedi Vuchich.
Shuningdek, Aleksandr Maxachevga g‘alaba qozonishda davom etishini va ham oktagon, ham hayotda eng katta maqsadlariga erishishini tiladi.
Fikrlar