
Serena Uilyams chorak finalda o‘ynaydi
Amerikalik Serena Uilyams va Kristin MakXeyl o‘rtasidagi uchrashuvga Yangi Zelandiyaning Oklend shahri mezbonlik qildi.
"ASB Classic" turnirining ikkinchi davrasidan o‘rin olgan mazkur o‘yin uch set davom etdi. Unda Serena raqibini 3:6, 6:2, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa, musobaqaning chorak finaliga chiqqan S.Uilyams, endi Laura Zigemundga qarshi kortga tushadigan bo‘ldi.
Fikrlar