Asosiy mazmunga oʻtish
Tennis

Serena Uilyams Sidneyda o‘ynamaydi

Izohlar: 0

Amerikalik Serena Uilyams 8-14 yanvar kunlari Avstraliyaning Sidney shahrida o‘tkaziladigan “Apia International Sydney – 2018” turnirida ishtirok etmasligi ma’lum bo‘ldi.

Tennis nashrining xabariga ko‘ra,  “Apia International Sydney – 2018”  turnirining tashkilotchilari musobaqaning asosiy to‘rida ishtirok etish huquqini beruvchi “wild card”ni Serenaga berishga tayyor bo‘lgan. Biroq amerikalik tennischi bu taklifni qabul qilmagan.

Endi Serena “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Australian Open – 2018” musobaqasiga qadar faqatgina Xobart shahrida o‘tkaziladigan turnirda ishtirok etishi mumkin.

Sports.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q