Sergeev asosiy tarkibda maydonga tushgan bahsda "Aktobe" o‘z uyida yirik mag‘lubiyat qabul qilib oldi

  • 19 aprel, 2021, 18:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qozog‘iston Premer-ligasi 6-turi doirasidagi "Aktobe" - "Shaxtyor" Karag‘anda uchrashuvi o‘z yakuniga etdi. Unda mehmonlar yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

Birinchi taymda Arsen Xubulov 2 marotaba gol kiritgan bo‘lsa, 74-daqiqada Aidos Tattibaev hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. 

Mag‘lubiyatga uchragan "Aktobe" 9 ochko bilan 6-o‘rinda qoladigan bo‘ldi. 

Igor Sergeev bellashuvda 63 daqiqa harakat qildi va zaxiraga olindi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!