Sergeev Eronda qancha maosh oladi?

  • 04.01.2026 12:57
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

O‘tgan mavsumni "Paxtakor"da o‘tkazgan Igor Sergeev faoliyatini Eronda davom ettirishga yaqin turibdi. 

Eronlik insayder Hatam Shiralizadеhning so‘zlariga ko‘ra, Sergeev yakshanba, ya’ni 4 yanvar kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Shundan keyin transfer rasmiy e’lon qilinadi. 

Sergeev bilan 1.5 yillik shartnoma imzolanishi kutilmoqda. 18 oy uchun "Persepolis" Igorga 1,5 million AQSh dollari to‘laydi. 

Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoada yana bir legionerimiz Oston O‘runov harakat qiladi. Shuningdek, Hojjakbar Alijonov ham forslarning asosiy maqsadiga aylangani haqida xabarlar bor. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!