Sergeevga premer-liga klublaridan taklif bor

  • 22.12.2022 22:44
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Metarating" nashri bergan xabarga ko‘ra, Qozog‘istonning "Tobol" klubi hujumchisi Igor Sergeevga Moskvaning "Torpedo" klubi qiziqish bildirmoqda.

Moskva klubi yozda ham Sergeevni tarkibiga qo‘shib olishi mumkin edi, ammo "Tobol" futbolchini qo‘yib yubormagan.

Sergeev ayni damda faoliyatini Rossiya premer-ligasida davom ettirishga qarshi emas. Futbolchiga RPLdan yana bir necha klublar qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, Sergeevning "transfermarkt" portalidagi narxi 1.40 million evroni tashkil qiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!