Serxio Ramos Ispaniya terma jamoasining "Evro-2020" uchun topshirgan qaydnomasiga kiritilmadi (Foto)

  • 24 may, 2021, 15:41
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Ispaniya terma jamoasining "Evro-2020" uchun qaydnomasi e’lon qilindi. Ro‘yxatda 24 futbolchi bor. Ammo jamoa sardori Serxio Ramos tarkibdan o‘rin olmadi. 

E’tiborlisi, "Barselona"ni boshqargan Luis Ernike Ispaniya terma jamoasiga "Real"dan birorta ham futbolchi chaqirmadi.

Darvozabonlar: David de Xea ("Manchester Yunayted", Angliya), Unay Simon ("Atletik"), Robert Sanches ("Brayton", Angliya);

Himoyachilar: Xose Gayya ("Valensiya"), Jordi Alba ("Barselona"), Pau Torres ("Vilyarreal"), Emerik Lyaport, Erik Garsiya (barchasi - "Manchester Siti", Angliya), Diego Lorente ("Vilyarreal"), Sesar Aspilikueta ("Chelsi", Angliya), Markos Lorente ("Atletiko");

Yarim himoyachilar: Serxio Buskets ("Barselona"), Rodri ("Manchester Siti", Angliya), Pedri ("Barselona"), Tyago Alkantara ("Liverpul", Angliya), Koke ("Atletiko"), Fabian Ruis ("Napoli", Italiya);

Hujumchilar: Dani Olmo ("Leyptsig", Germaniya), Mikel Oyyarsabal ("Real Sosedad"), Alvaro Morata ("Yuventus", Italiya), Jerar Moreno ("Vilyarreal"), Ferran Torres ("Manchester Siti", Angliya), Adama Traore ("Vulverxempton", Angliya), Pablo Sarabiya (PSJ, Frantsiya).

E2JVu3fXEAAKiKE

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Umarjon G'oyifov
24/05/2021 16:21
Васкесни олиш керак эди