
Serxio Ramos Messining oldiga jo‘naydi
Taniqli insayder Ekrem Konurning ma’lum qilishicha, “Sevilya” himoyachisi Serxio Ramos AQSh chempionatiga yo‘l olishni rejalashtirmoqda.
Tajribali futbolchiga MLSning ikki vakili – “Los Anjeles Gelaksi” va “Inter Mayami”dan qiziqish bor.
Ma’lumotlarga qaraganda, 38 yoshli ispan himoyachisi “Inter Mayami”ni tanlashi mumkin.
Qizig‘i shundaki, bu jamoada o‘z davrida “Real”ga sardorlik qilgan Serxio Ramosga uzoq vaqt ashaddiy raqib bo‘lgan “Barselona”ning sobiq yulduzlari Lionel Messi va Luis Suares to‘p tepmoqda.
Ramosning o‘zi PSJda ikki mavsum davomida Lionel Messi bilan birga to‘p tepib, ancha do‘stlashib ham qolgan edi.
Fikrlar