Serxio Ramos oʻziga yangi jamoa tanladi

  • 06.02.2026 18:58
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi sobiq sardori Serxio Ramos Fransiya klubiga oʻzini taklif qildi.

"Marca" nashri tarqatgan xabarlarga koʻra, "Real Madrid" klubi va Ispaniya terma jamoasi sobiq sardori oʻz xizmatlarini Fransiyaning "Marsel" klubiga taklif qildi. Biroq futbolchining fransuz klubi bilan shartnoma imzolashi dargumon. Qayd etilishicha, Ramos mavsum oxirigacha "Sevilya"da tekin oʻynash istagini bildirgan, biroq andalusiyailiklar bu taklifni rad etgan. Chunki futbolchi yaqin kelajakda klub xoʻjayinig aylanishi mumkin. 39 yoshli himoyachi yil boshida Meksikaning "Monterrey" klubini tark etganidan buyon, erkin agent maqomida boʻlib turibdi.

Maʼlumot uchun, Ramos 2005-2021 yillar oraligʻida "qirollik klubi" sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!