Serxio Ramos yangi superklubga o‘tishga tayyorlanmoqda

  • 27.06.2021 15:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” bilan uzoq yillik hamkorligini yakunlagan Serxio Ramos faoliyatini PSJda davom ettirishi kutilmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, 35 yoshi himoyachi ayni paytda Frantsiya poytaxtidan o‘ziga mos uy qidiryapti.

Aslida Ramos Madrid klubida qolishi kutilgandi. Lekin tomonlar yangi bitim muddati va maosh borasida bir to‘xtamga kela olmadi. Ramos “Qirollik klubi”ga o‘tgunga qadar “Sevilya”da to‘p tepgan. Bu klub ham unga uzoq muddatli shartnoma taklif qilayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!