
Serxio Ramos Yerrodan o‘zib ketdi
"Real" markaziy himoyachisi Serxio Ramos madridliklar tarkibida o‘yin o‘tkazish bo‘yicha yuqorilashda davom etmoqda.
Ispaniya chempionati 23-turi doirasida "Osasuna"ga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshlagan ispaniyaliklar sardori "qaymoqrangliklar" libosidagi 440- o‘yinini o‘tkazib madridliklar afsonasi Fernando Yerrodan o‘zib ketdi.
Ushbu ro‘yhatni madridliklar sobiq hujumchisi Raul (550) boshqarib kelmoqda, Manolo Sanchis (523) ikki, Iker Kasilyas (510) uch va Santilyana esa (461) to‘rtinchi pog‘onani band etib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Ramos oldinroq, La Liganing ketma-ket 17 ta mavsumida gol kiritgan ilk futbolchiga aylangan edi.
Fikrlar