Sesk Fabregasga Angliyaning kutilmagan jamoasidan ish chiqdi
«Aston Villa» klubi jamoa bosh murabbiyi Unai Emerini lavozimidan ozod etish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqida Indykaila News nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, ingliz klubi ispaniyalik mutaxassis bilan hamkorlikni yakunlashi mumkin. Bunga sabab sifatida APLning yangi mavsumida «Aston Villa»ning omadsiz start olgani ko‘rsatilmoqda – «sherlar» turnir jadvalidа past pog‘onalarda joylashgan.
Xabarda ta’kidlanishicha, Emeriga ehtimoliy voris sifatida Sesk Fabregas nomzodi ko‘rib chiqilmoqda. Angliya klubi rahbariyati «Komo» jamoasida Fabregas murabbiy sifatida amalga oshirgan ishidan jiddiy taassurot olgan.

Fikrlar