"Sevilya" himoyachisi Saudiyaga yo‘l oladi

  • 18 iyul, 2023, 08:35
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbolchilar Saudiya Arabistoniga ketishda davom etadi. Navbat "Sevilya" himoyachisi Karim Rekikga etib keldi. U "Al-Ittifoq"ga o‘tishga yaqin, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano. 

Tomonlar o‘rtasida kelishuv amalga oshib bo‘lgan. Tez orada tafsilotlar ma’lum bo‘ladi. Makzur klub Rekikdan tashqari yaan bir nechta transfer ustida ishlamoqda. "Liverpul" futbolchisi Jordan Xenderson ham tez orada "Al-Ittifoq" o‘yinchisiga aylanishi kutilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Rekik 2020 yilda "Gerta"dan "Sevilya"ga ko‘chib o‘tgandi. Uning jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha amal qiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!