Shahboz Umarov jamoasiga yangi murabbiy tayinlandi

Vitaliy Jukovskiy BATE bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda borisovliklar matbuot xizmati xabar tarqatdi. 

Jukovskiyning avvalgi ish joyi "Isloch" jamoasi hisoblanadi. Vitaliygacha Borisov klubini Aleksandr Lisovskiy boshqarib kelayotgan edi. 

BATE yakunlangan mavsumda Belarus chempionatida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumni "Energetik-BGU" safida o‘tkazgan hamyurtimiz Shahboz Umarov ham yangi mavsumda borisovliklar sharafini himoya qiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!