Shahram G‘iyosov bo‘lajak bahs oldidan rasmiy marosimlarda ishtirok etmoqda

  • 10.04.2025 14:01
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Xabaringiz bor, 12 aprel kuni AQShning Nyu-Jersi shtati, Atlantik-Siti shahrida professional boks oqshomi tashkil etiladi. E’tiborlisi, ushbu kechada Shahram G‘iyosov Argentina vakili Franko Maksimiliano Okampoga qarshi ringga ko‘tarilishi belgilangan. 

Oxirgi jangida Migel Parra ustidan g‘alaba qozongan bokschimiz bo‘lajak bahs oldidan bir qator rasmiy marosimlarda ishtirok etmoqda.

Bugun AQShdagi boks oqshomining media marosimi bo‘lib o‘tdi va unda Shahram G‘iyosov ham qatnashdi.

Bu haqda O‘zbekiston boks  federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!