Shahram G‘iyosov: "Bu jangni qizimga bag‘ishlayman"

  • 11 aprel, 13:16
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 12 aprel kuni AQShning Nyu-Jersi shtati, Atlantik-Siti shahrida professional boks oqshomi tashkil etiladi. E’tiborlisi, ushbu kechada hamyurtimiz Shahram G‘iyosov Argentina vakili Franko Maksimiliano Okampoga qarshi ringga ko‘tarilishi belgilangan.

Tecno

Ushbu jang oldidan bokschimiz o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bu jangni qizimga bag‘ishlayman. Albatta, bu men uchun judayam qiyin. Chunki men qizimni juda qattiq yaxshi ko‘rardim. Uni hali hamon sog‘inyapman. Biroq qizimga, ota-onamga jahon chempioni bo‘laman, deb va’da berganman!" - dedi hamyurtimiz Instagram sahifasiga joylagan videoda.

Ma’lumot uchun, 22 mart kuni G‘iyosovning 2 yoshli qizi vafot etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шоим Зарипов
11/04/2025 15:35
УКАМ СИЗГА САБР ТИЛАЙМАН БУ ОЛЛОХНИ ХОХИШИ БИЗ ИНСОНЛАР КУЛИДАН ХЕЧ ИШ КЕЛМАЙДИ ВАКТИДА МЕН ХАМ 1 ЕШЛИ КИЗИМНИ ЮКОТГАНМАН БАРДАМ БУЛИНГ.