Shakiraning ikki million muxlisi Pikening “mazasini qochirdi”

  • 04.05.2026 18:57
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahridagi Shakira kontsertida taxminan ikki million muxlis “Barselona”ning sobiq himoyachisi Jerar Pikeni haqorat qildi.

Bu haqda Haberler nashri ma'lumot tarqatdi.

Kolumbiyalik xonanda “Kopakabana” plyajida bepul shou o‘tkazdi. Chiqish vaqtida u sobiq sevgilisi Jerar Pikega qaratilgan gap aytdi.

- Braziliyda taxminan 20 million yolg‘iz ona borligini bilasizmi? Ular oilalarini ta'minlash uchun juda ko‘p mehnat qilishadi. Men ham ulardan biriman, - dedi Shakira.

Shundan so‘ng tomoshabinlarning bir qismi musiqa ohangiga mos ravishda Pikega qaratilgan haqoratli shiorlarni qichqira boshladi.

Pike va Shakira 2022 yilda futbolchining xiyonati haqidagi gap-so‘zlar ortidan ajrashgan. Qo‘shiqchining sobiq futbolchidan ikki nafar o‘g‘li bor. Ispaniyalik futbolchi 2022 yil noyabrida professional faoliyatini yakunlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!