Shaxmat afsonasi Samarqadda!
Samarqandda shaxmat olamining eng nufuzli musobaqalaridan biri — FIDE 46-Butunjahon Shaxmat Olimpiadasi bo‘lib o‘tmoqda. Dunyoning turli davlatlaridan eng kuchli shaxmatchilar, murabbiylar va shaxmat mutaxassislari Samarqandga tashrif buyurmoqda.
Bugun jahon shaxmatining afsonaviy vakili, sobiq jahon chempioni va FIDE faoliyatida yuqori lavozimlarda faoliyat yuritayotgan Vishvanatan Anandni Samarqand temir yo‘l vokzalida bir qator rahbarlar va volontyor yoshlar tomonidan kutib olindi.
Mehmonlarni munosib kutib olish, ularga zarur ma’lumot va yo‘nalishlarni ko‘rsatish, Samarqanddagi taassurotlarini yanada iliq qilishda volontyor yoshlarimiz faol ishtirok etyapti.

Fikrlar