“Shaxzoda” kamarini himoya qiladi
7 sentyabr kuni Ravshanbek Umurzaqov ximoya jangida ishtirok etadi.
WBA Asia kamari soxibi hamyurtimiz “Shaxzoda”, rus sharxlovchilari ta’biri bilan aytganda “Mister pechen” nomi bilan mashxur Ravshanbek Umurzaqov 7 sentyabr kuni Rossiyaning Ekaterinburg shahrida himoya jangida ringa ko‘tariladi. Raqib filippinlik bokschi Roldan Aldea bo‘ladi. Filippin vakili, profi ringda 22 ta jang o‘tkazgan. Ulardan 14 tasida zafar quchib, 7 bora mag‘lubiyatga uchragan. Bir bora durang qayd etgan. G‘alabalarining sakkiztasini nokaut evaziga qo‘lga kiritgan. Yurtdoshimiz esa, professional faoliyatida 9 marotaba jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Raqiblarini 7 bor nokautga uchratgan. Qizig‘i, ushbu bokschi bilan 31 avgust kuni yana bir yurtdoshimiz Anvar Turapov ham reyting jangini o‘tkazadi.

Izohlar (0)